Taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-oʻquv yili qabulida toʻplagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari belgilandi.

Unga koʻra, toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt boʻyicha qabul kvotalari chegarasiga:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;

1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;

2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;

3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:

oliy taʼlim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;

moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim muassasalarida esa, 2024/2025-oʻquv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻzlari belgilagan (stipendiyasiz) toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari bilan bu yerda, bazaviy kontrakt moqdori bilan bu yerda tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun, shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.