“Sura General Investments” xorijiy korxonasi Yangiqoʻrgʻonda intensiv bogʻ barpo etadi

    Agrosektor 17 Iyul 2021 2450

    Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov “Sura General Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyatining yangi loyihalari bilan kelgan investorlarini qabul qildi.

    Unda investorlar tomonidan qoʻshimcha 358 gektar yer maydonida umumiy qiymati 6,0 million dollarlik intensiv bogʻ tashkil etish loyihasi atroflicha koʻrib chiqildi.

    Namangan viloyatining togʻli Kosonsoy, Chortoq, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida zamonaviy bogʻ va tokzorlar tashkil etilyapti.

    Ulardan biri — Yangiqoʻrgʻondagi “Sura General Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyatining bogʻi. Bu yer ilgari sugʻorilmas, shu sababli undan unumli foydalanilmay kelgandi. Birlashgan Arab Amirliklarining 3 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyasi hisobiga 103 gektar maydonda intensiv bogʻ barpo etildi, deb xabar beradi Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati.