O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, 1994 yilda, Farg'ona viloyatida tug'ilgan G'.O ismli shaxs Janubiy Koreya davlatiga borib, u erda “Imom al-Buxoriy katibasi” terrorchilik tashkiloti etakchilari bilan aloqa o'rnatib, ularning noqonuniy faoliyatini moliyalashtirib kelganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1553, 2442 -moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIV TQD Terrorizmga qarshi kurashish xizmati