Oradan bir yil oʻtib, uning oldiga akasi borgach, ular birga ishlay boshlashadi.
Lekin, diniy mutaassiblikka berilgan, 1995-y.t. aka oʻz ukasini toʻgʻri yoʻldan adashtirib, unga terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning gʻoyaviy rahnamolari boʻlgan Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abdulloh Buxoriylarning maʼruzalarini targʻib qiladi hamda Suriya davlatiga borib, jihod qilish lozimligini aytadi.
2018-yilning kuz oylarida aka-ukalarning kattasi, keyinroq esa kichigi Suriya davlatidagi terroristik tashkilot safiga borib qoʻshilishadi.
Lekin, qurolli toʻqnashuvlar vaqtida ularning kattasi ayanchli oʻlim topadi.
Bu vaqtda endigina jangovor tayyorgarlikdan oʻtib boʻlgan uka oʻz akasining jasadini topib qabrga qoʻyadi.
Shuningdek, oʻsha paytlari terroristik tashkilotlar oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar, amir boʻlish uchun yetakchilarning oʻzaro nizolarga kirishishlarini koʻrib, xafsalasi pir boʻlgan andijonlik yigit onasi yuborgan pullar yordamida Turkiyaga qaytib oʻtadi.
Keyinroq bir muddat Qirgʻizistonda boʻlib, soʻngra Qozogʻistonga borgan va ushbu davlatning soxta fuqarolik pasportini olgan mazkur shaxs hujjatni qalbakilashtirgani uchun huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
U jazo muddatini oʻtab boʻlgach, Oʻzbekistonga deportatsiya qilinadi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudining hukmiga koʻra, “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti faoliyatida ishtirok etgan ushbu fuqaro Jinoyat Kodeksining 1552 va 2442-moddalari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Yot kuchlarning taʼsiriga tushish oqibatida bir oilaning navqiron ikki farzandining achchiq qismatga duchor boʻlishi – birining ayanchli oʻlim topishi, ikkinchisining uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilishi boshqalarga saboq boʻlmogʻi lozim.