Maʼlum boʻlishicha, Pastdargʻom tumanida yashovchi fuqaro N.J. ijtimoiy tarmoqda 12 nafar mahalliy fuqarodan iborat virtual jamoat tuzgan hamda terroristik tashkilotlar gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallarni muntazam ravishda jamoat aʼzolari bir-biriga tarqatib, muhokama qilib kelgan. Natijada, jamoat aʼzolarining 8 nafari Suriya davlatiga borib xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qoʻshilishni rejalashtirgan.
Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan Oʻzbekston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.