Oʻtgan yili 8-dekabrda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita nazorati ostida maxsus reys bilan Suriyaning jangovar harakatlari olib borilayotgan hududlaridan “Mehr” operatsiyasining navbatdagi bosqichida bir guruh Oʻzbekiston fuqarolari vatanimizga qaytarilib, ularga barcha ijtimoiy-huquqiy, tibbiy va psixologik yordamlar koʻrsatilgan edi.
Qaytarilganlar orasida 4 nafar samarqandliklar ham bor edi.
Bugun ular Toshkentdan Samarqand viloyatiga olib kelinib, uylariga kuzatildi, deb xabar beradi, IIV matbuot xizmati.