Suriyaning yangi hukumati 10-mart, dushanba kuni Suriya demokratik kuchlari (SDF) bilan kurd muxtoriyati ma'muriyatining fuqarolik va harbiy institutlarini Suriya hukumatiga birlashtirish bo'yicha kelishuvga erishganini e'lon qildi. Shartnoma Suriya shimoli-sharqidagi aniq obyektlarni, jumladan, chegara postlari, aeroport va neft va gaz konlarini o'z ichiga oladi. Kelishuv 2025-yil oxirigacha amalga oshirilishi kerak, deb xabar beradi AFP.
2024-yil dekabrida Bashar Asad rejimi ag'darilganidan so'ng, Ahmad ash-Shara' boshchiligidagi Suriyaning yangi hukumatlari Suriyada faoliyat yuritayotgan qurolli guruhlarni tarqatib yuborishga va butun mamlakat hududi ustidan nazorat o'rnatishga harakat qilmoqda, deb xabar beradi dw.com.