Surunkali dars qoldiradigan oʻquvchining otasi maktabda janjal koʻtardi

    Fuqaro M.E oʻgʻlining hatti-harakatlaridan jahli chiqib, maktab maʼmuriyati bilan hamkorlikda ishlash oʻrniga, aksincha, ularga aybni agʻdarib, janjal koʻtargan.

    Joriy yilning 12-mart kuni Chilonzor tumanida joylashgan 200-maktab direktori va inspektor-psixologi surunkali ravishda dars qoldirayotgan hamda tartib intizomi yaxshi boʻlmagan oʻquvchilardan birining otasi fuqaro M.E.ni suhbatga chaqirtiradi.

    Suhbat mobaynida maktab direktori va inspektor-psixolog, fuqaro M.E.ga farzandining darsga kelmayotganining sabablarini soʻragan. Otaga darsda oʻzini tutishi ham oʻzgarib qolgani toʻgʻrisida maʼlumot berilib, birgalikda shugʻullanish zarurligi tushuntirilgan.

    Fuqaro M.E esa oʻgʻlining hatti-harakatlaridan jahli chiqib, maktab maʼmuriyati bilan hamkorlikda ishlash oʻrniga aksincha ularga aybni agʻdarib, janjal koʻtargan.

    “Tashvish” xabari asosida soat 10:17 lar chamasi yetib kelgan tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan fuqaro M.E. ni tuman IIBga olib borilgan va unga nisbatan OʻzR MJtKning 47-moddasi boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.