Termizning "Surxon" jamoasi ispaniyalik  tajribali mutaxassis Аnxel Lopez bilan 1 yillik kelishuvga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Maʼlum boʼlishicha, Аnxel Lopez 1983 yil Ispaniyaning Madrid shahrida tavallud topgan.  

2007-2013 “Getafe” klubida yordamchi murabbiy, 2013-2014 Ruminiyaning “Petropul” jamoasida bosh murabbiy yordamchisi, 2014-2015 yillari yana La Ligaga qaytib, oʼsha “Getafe”da yordamchi murabbiy boʼlgan.

2015-2016 yillarda esa u Xitoyning “Guanchjou Fuli” klubida ishladi.

Bir yildan soʼng, BААning “Аl-Shabab” klubida faoliyat olib bordi.

2017-2018 yillarda Ispaniyaning “Rekreativo” jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.

2018-2019 yillar davomida Lopes Ekvatorial Gvineya terma jamoasini boshqardi.

2020 yilda esa Ekvador chempionatida “Delfin” klubiga ustozlik qildi.

Oʼsha yili Gretsiya Superligasida “Volos” jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.

“Surxon”ga kelgunga qadar esa Gretsiyaning boshqa bir jamoasi – “Аtromitos” klubini boshqarib kelgan.