Termiz shahri hamda barcha tuman studiyalari bilan onlayn formatda oʻtkazilgan tadbirda fuqarolarga tikuvchilik, xizmat koʻrsatish, hunarmandchilik va ishlab chiqarish yoʻnalishlarida foydalanish uchun zarur boʻlgan jihozlar berildi.
Mazkur tashabbus aholi bandligini taʼminlash, oilalar daromadini oshirish, kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va ehtiyojmand oilalarni kambagʻallikdan chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.