Festivalda 40 dan ortiq davlatdan 100 dan ortiq folklor jamoalari ishtirok etadi.

Bayram doirasida kurash, ot sporti, ko‘pkari va boshqa xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar, shuningdek, maishiy hunarmandchilik ko‘rgazmalari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan folklor festivalini yuqori saviyada o‘tkazishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Festival yakunida eng yaxshi folklor-etnografik jamoalar hamda sport va xalq o‘yinlari g‘oliblari munosib taqdirlanadi.