Viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati maʼlum qilişiça, hodisa 18-oktyabr kuni soat 08:20 larda tumanning «Yangi quriliş» mahallasida yuz bergan.
Hududda xizmat olib borayotgan YHX inspektori haydovçilik huquqiga ega bölmagan şaxs boşqarayotgan Kaptiva avtomobiliga töxtaş işorasini bergan. Biroq haydovçi qonuniy talabga böysunmay, harakatni davom ettirgan.
Şundan söng inspektor öziga biriktirilgan Lacyetti xizmat avtomobilida Kaptiva ortidan kuzatib borgan.
IIB izohiga köra, Kaptiva haydovçisi malakasizligi sabab asosiy yölda harakatlanayotgan Lacyetti yöliga çiqib ketgan. Oqibatda avtomobillar töqnaşgan, Lacyetti haydovçisi tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlaşmasiga yetkazilgan.
Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan hodisa yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Şuningdek, viloyat IIB masʼul xodimlari YHX inspektoriga nisbatan xizmat tekşiruvini tayinlagan.