Сурхондарё ҳокими барча ўринбосарларига огоҳлантириш, бир нечта мутасадди раҳбарларни эса интизомий жазога тортди

    Mamlakatimizda 10 May 2023 1462

    viloyat hokimining oʻrinbosarlari tomonidan 18 ta, jumladan, qurilish majmuasi tomonidan 9 ta topshiriq ijrosi taʼminlanmagan.

    Viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov rahbarligida hududlarga tashrif davomida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi, shuningdek, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali ijro uchun yuborilgan topshiriqlarning bajarilishi, ijro intizomida barcha darajadagi rahbarlarning masʼuliyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

    Hududlarda oʻtkazilgan oʻrganish ishlari jarayonlarida aniq muddat bilan ijrochilarga vazifalar berilgan boʻlishiga qaramay qator topshiriqlar ijrosi bugungi kunga qadar bajarilmagan.

    Xususan, viloyat hokimining oʻrinbosarlari tomonidan 18 ta, jumladan, qurilish majmuasi tomonidan 9 ta topshiriq ijrosi taʼminlanmagan.

    Ushbu topshiriqlar tahlil qilinganda “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning hududiy korxonalari tomonidan 3 ta,

    “Surxondaryoavtoyoʻl” hududiy yoʻllardan foydalanish tashkiloti 3 ta,

    “Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan 2 ta topshiriq ijrosi bajarilmagan.

    Yigʻilish davomida topshiriqlar ijrosi sohalar, yoʻnalishlar va hududlar kesimida tahlil qilindi.

    Ijro intizomini oʻz holiga tashlab qoʻygan masʼullarga, xususan, viloyat hokimining oʻrinbosarlariga ogohlantirish;

    • qishloq xoʻjaligi majmuasi kotibiyat mudiri,
    • “Surxondaryo HETK” AJ va uning Denov, Muzrabot, Angor, Qiziriq, Jarqoʻrgʻon, Sherobod va Shoʻrchi tumanlari boʻlimlari,
    • “Surxondaryoavtoyoʻl” hududiy yoʻllardan foydalanish tashkiloti,
    • “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ,
    • “Suv taʼminoti va oqova suv tarmoqlari qurilishi boʻyicha” IK Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi,
    • “Yagona buyurtmachi xizmati” IK, “Hududgaztaʼminot” viloyat filiali,
    • “Oʻzneftgazinpeksiya” va “Oʻzenergonazorat” inspeksiyasi viloyat boʻlimlari rahbarlariga, qator hududlarda tuman hokimlarining oʻrinbosarlariga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash topshirigʻi berildi.

    Mutasaddilar har bir topshiriq va aholi murojaatlari bilan ishlashga jiddiy masʼuliyat bilan yondoshishi lozimligi taʼkidlanib, hafta davomida bajarilishi lozim boʻlgan topshiriq va vazifalar belgilab berildi.