Selda nobud bo‘lgan 360 bosh qo‘y dezinfeksiya qilinib ko‘mildi

    Joriy yilning 29-30-aprel, 1-may kunlarida yogʻingarchilikni koʻp boʻlishi oqibatida Sherabod tumanining “Bogʻiobod” mahallasi hududiga kuchli sel keldi.

    Natijada mahalladagi qishloqqa adirlikdan kelgan kuchli sel qoʻradagi 360 bosh qoʻy nobud boʻlgan.

    Murojaatda koʻrsatilgan hudud viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, nobud boʻlgan qoʻylardan har xil kasalliklar tarqamasligi uchun dezinfeksiya qilinib koʻmilgan.