Holat boʻyicha “Surxondaryo suv taʼminoti” AJ matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea joyiga Qumqoʻrgʻon tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi va tuman tez tibbiy yordam guruhi zudlik bilan yetib borgan. Koʻrilgan tezkor choralar natijasida xodimlar masʼul tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari yordamida quduqdan chiqarilib, birinchi yordam koʻrsatish uchun tuman tez tibbiy yordam boʻlimiga yetkazilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, ularning hayoti saqlab qolingan boʻlib, hozirda shifokorlar nazoratida tibbiy muolajalar koʻrsatilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.