“Oʻzgidromet“ agentligining xabar berishicha, shu yilning 11-iyun soat 12:50 larda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani togʻ va adirliklarida kuzatilgan jala yomgʻir natijasida sel kelgan.
Maʼlumotlarga koʻra, kelgan sel “Xonjiza” MFY Xojiasmin qishlogʻiga olib chiquvchi ichki yoʻlning maʼlum qismiga tosh va shagʻal uyumlarini chiqarib tashlagani aniqlangan.
Sariosiyoda yogʻingarchilik miqdori 5.00 mm boʻlgan. Hozircha hech qanday talafot kuzatilmagan.









