Joʻrabek Toʻrayev 1984-yil Boysun tumanida tugʻilgan. 2009-yil Termiz davlat universitetini, 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodchi-tarmoqlar boʻyicha.

Faoliyati davomida Surxondaryo viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi bandlik, aholi turmush darajasi va isteʼmol bozori boʻlimi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, Surxondaryo viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi sanoat, kommunikatsiya tizimlari va axborot texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, Surxondaryo viloyati hokimligining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha majmuasi referenti, Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat koʻrsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosarining birinchi toifali mutaxassi, Surxondaryo viloyati hokimining yordamchisi, Surxondaryo viloyati hokimligi ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi — qabulxona mudiri vazifalarida mehnat qilgan.

“OZBEKOZIQOVQATZAXIRA” meva-sabzavot mahsulotlariini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasining Surxondaryo viloyat “OZIQOVQATTAʻMINOT” hududiy filiali qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini gʻamlash va saqlash boʻlimi boshligʻi, bosh hisobchisi, Termiz shahar hokimligi iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimi boshligʻi, Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi yangi ish oʻrinlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmasi ijrochi direktori, Surxondaryo viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyati mudiri, Surxondaryo viloyati hokimining oʻrinbosari-viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarma boshligʻi kotibiyati mudiri boʻlib ishlagan.

J.Toʻrayev yangi vazifaga tayinlangunga qadar viloyat hokimining turizm va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.