Surxondaryo viloyati hokimi Termiz shahri bosh rejasi bilan tanishdi

    Yangi yo'l o'tkazgichlarni loyihalash hamda bosh rejaga kiritish bo'yicha tavsiyalar berildi.

    Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov Termiz shahrida joylashgan “Movaro” qurilish kompaniyasining taqdimotlar zalida Termiz shahrining bosh rejasi taqdimoti bilan tanishdi.

    Taqdimot bilan tanishish jarayonida bosh rejani shaharsozlik normalaridan kelib chiqib, aholi uchun qulay sharoitlarga ega bo'lishiga e'tibor qaratish, qurilishi rejalashtirilgan ko'p qavatli uy-joylar hududida birinchi navbatda ijtimoiy soha obektlari, jumladan, maktab, maktabgacha ta'lim tashkiloti va poliklinika binolarini joylashtirishni bo'yicha mas'ullarga ko'rsatmalar berdi.

    Shahar hududidagi yo'llarning o'tkazuvchanligini avtomobillar va transport vositalarining ortib borayotganligini hisobga olgan holda ishlab chiqish, yangi yo'l o'tkazgichlarni loyihalash hamda bosh rejaga kiritish bo'yicha tavsiyalar berildi.

    Shuningdek, viloyat rahbari shu erda vohaning salohiyatli quruvchilari bilan sohadagi taklif va tashabbuslar yuzasidan fikr almashdi. Mavjud muammolarni bartaraf etish, o'rtaga tashlangan takliflarni amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.