U 1982-yil Termiz tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini, 2009-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – qurilish muhandisi, buxgalteriya hisobi va audit.

A.Xidirov mehnat faoliyati davomida “Temiryoʻlloyiha” OAJ instituti texnigi, muhandisi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ kapital qurilish direksiyasi qurilish boʻyicha muhandis-texnologi, “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” shoʻba korxonasi hisobchisi, qurilish boʻlimi muhandis-texnologi, “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ qurilish boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2015-yildan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi “KASABA QURILISH TAʻMIR” shoʻba korxonasi direktori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.