Surxondaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

    Ijtimoiy hayot 10 Iyul 2020 4049

    Bugun viloyat hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi.

    Samatov Xolmamat Joʻrayevich boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan shu kunga qadar Angor tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Turapov Usmon Yangibayevich viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.

    Maʼlumot oʻrnida, Turapov Usmon Yangibayevich 1964-yilning 19-yanvarida Shoʻrchi tumanida tugʻilgan. 1991-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi: muhandis-gidrotexnik.

    Mehnat faoliyati davomida Qumqoʻrgʻon tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, “Amu-Surxon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Jarqoʻrgʻon tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, Jarqoʻrgʻon tumani hokimi, viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi, 2018-yildan Angor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.