Surxondaryo viloyatidagi 2208 ta mahalliy sanoat korxonalarining faoliyati o‘rganildi

    Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Badriddin Obidov boshchiligidagi vazirlik ishchi guruhi Surxondaryo viloyatidagi 2208 ta mahalliy sanoat korxona faoliyatini o‘rgandi.

    ITSV maʼlumotiga ko‘ra, aylanma mablag‘larni to‘ldirish, bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha to‘lov muddatlarini uzaytirish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish, kommunal xizmatlar tizimlariga ulanish, ruxsatnomalar olish bilan bog‘liq 247 ta muammoli masala aniqlandi.

    198 ta korxona faoliyat yuritayotgan 36 ta kichik sanoat zonasi faoliyati o‘rganildi. KSZni qo‘shimcha infratuzilma bilan taʼminlash hamda zargarlik sanoati korxonalari faoliyatini yana-da kengaytirish uchun mablag‘ ajratish lozimligi aniqlandi.

    12 ta korxona tomonidan ko‘tarilgan 13 ta masala joyida hal etilgan bo‘lsa, qolganlari bo‘yicha aniq muddatlar va masʼul shaxslar belgilab berilgan chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqildi.

    Bu masalalarni hal etish natijasida viloyatda 40 million dollarlik mahsulot eksporti, 58 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish taʼminlanadi, 1278 ta ish o‘rni yaratiladi.