Surxondaryo viloyatining Dehibolo qishlogʻida yangi masjid ochildi

    Ijtimoiy hayot 1 Aprel 2021 1277

    Joriy yilning 31-mart kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Boysun tumanidagi “Abu Hanifa” jomeʼ masjidi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

    Masjid tuman markazidan 60 kilometr uzoqlikdagi Dehibolo qishlogʻi – togʻli hududda joylashgan boʻlib, 400 namozxonga moʻljallangan. Ushbu masjid 150-yillik tarixga ega. Masjid qishloq faollari hamda usta Toshmuhammad tomonidan toʻliq qayta taʼmirlanib foydalanishga tayyor holatga keltirilgan.

    Maʼlumot oʻrnida, bugungi kun holatida Surxondaryo viloyatida jami 122 ta diniy tashkilotlar roʻyxatga olingan boʻlib, shularning 119 tasi jomeʼ masjidi, 2 tasi cherkov va 1 tasi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligidir.

    Adliya vazirligi
    Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi