Qayd etilishicha, shu yilning 10-aprel kuni, taxminan 15:45 dan 15:55 gacha, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Shoqishloq“ mahallasi hududida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi qayd etildi.

Obizarang daryosining “Dashnobod“ qishlogʻi gidroposti kuzatuvchilari maʼlumotiga koʻra, togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi natijasida hududdan oqib oʻtuvchi Obizarang daryosidan yogʻingarchiliklarning yogʻishi natijasida Obizarang gidropostida taxminan 20 m3/s yomgʻir suvlari talafotsiz oqib oʻtgan. Yogʻingarchilik miqdori 26.0 mm ni tashkil etgan.