Holat yuzasidan ekologik surishtiruv o‘tkazilganda, rasmda aks etgan fuqaro Angor tumani "Xomkon" mahallasida yashovchi N.H. ekani ma’lum bo‘lgan.
O‘rganishlar davomida fuqaro N.H. Angor va Muzrabot tumanlari hududida 2022-yilda ruxsatnomasiz, tungi vaqtda 6 bosh, 2023-yilda 11 bosh qum tovushqonini ov qilish muddatlariga zid ravishda taqiqlangan usul ya’ni tungi yoritish moslamasi bilan ovlaganligi aniqlangan.
Natijada fuqaroga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan, ma’muriy jarima belgilandi.
Ta’kidlanishicha, fuqaro tomonidan 2022-yilda 5 million 400 ming so‘m, joriy yilda 10 mln 890 ming so‘m tabiatga zarar yetkazilgan.
Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish maqsadida JIB Sherobod tuman sudiga yuborilgan.