Kecha, 6 oktyabr` kuni Surxondaryo viloyati SHerobod tumanidagi 21-bog'chada tarbiyalanuvchi I.J. (2018 yilda tug'ilgan) bolalar o'yingohidagi temir aylanada o'ynagan va yiqilib vafot etgan.
Ayni paytda ish prokuraturaga o'tkazilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
21-bog'cha direktori ishdan olinib, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi va tuman maktabgacha ta'lim bo'limi rahbariyatiga nisbatan intizomiy jazo choralari qo'llanilgan. Tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.