Еkologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Surxondaryo viloyati boshqarmasi mas'ul inspektorlari va Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda o'tkazilgan tezkor reyd tadbirida Boysun davlat o'rmon xo'jaligi Machay o'rmon bo'limi xodimlarining xizmat vakolatiga sovuqqonlik bilan yondashishi, yuklatilgan mas'uliyatni suiste'mol qilishi natijasida noqonuniy daraxt kesilishi holati sodir etilgan.
Viloyat ekoboshqarmasi bergan ma'lumotga ko'ra, Machay o'rmon bo'limining 5-aylanma 17-kvartalining «Etimtol» va «Almali» massivlarida mavjud bo'lgan «Zarafshon» archa, «SHumtol», «Uchqad», «Zarang» kabi jami 51 ta daraxtning noqonuniy kesib tashlangani aniqlangan.
«Bu bilan «O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida»gi Qonuning 37-moddasi talablari buzilib, 560 mln 550 ming so'm miqdordagi o'simlik dunyosiga zarar etkazilgan.
Ushbu holat yuzasidan to'plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga yuborildi», – deyiladi boshqarma xabarida.