Surxondaryoda 6 ta tuman gʻallakorlari mamlakatimizda birinchi boʻlib belgilangan rejani bajardi

    Agrosektor 2 Iyun 2023 1153

    Joriy yil 1-iyun holatiga Angorda 9 171, Bandixonda 13 520, Jarqoʻrgʻonda 18 131, Qiziriqda 23 437, Muzrabotda 23 609 va Termiz tumanida 5 809 tonna tovar don yigʻib olindi.

    Joriy yil hosili uchun Angorda 6 500, Bandixonda 4 688, Jarqoʻrgʻonda 7 877, Qiziriqda 10 190, Muzrabotda 10 700 va Termiz tumanida 2 900 gektar maydonda mahalliy iqlim va tuproq sharoitiga mos, ertapishar va serhosil navli urugʻlar ekildi.

    Joriy yil 1-iyun holatiga Angorda 9 171, Bandixonda 13 520, Jarqoʻrgʻonda 18 131, Qiziriqda 23 437, Muzrabotda 23 609 va Termiz tumanida 5 809 tonna tovar don yigʻib olindi.

    Oʻrib olingan maydonlarda oʻrtacha hosildorlik 77-80 sentnerni tashkil etgani holda, ilgʻor fermer xoʻjaliklari tomonidan bir gektar gʻalla maydonidan 100 sentnergacha hosil olinishiga erishildi.

    Hozirda viloyat boʻylab qolgan maydonlardagi hosilni yigʻishtirib olish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

    Bugun viloyat hokimligida oʻtkazilgan tadbirda viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov belgilangan rejani mamlakatimizda birinchi boʻlib bajargan 6 ta tumanning sektor rahbarlari, eng ilgʻor fermer xoʻjaliklari va klasterlar rahbarlarini erishilgan natija bilan tabriklab, ularning samarali mehnatlarini ragʻbatlantirish maqsadida viloyat hokimligining sovgʻalarini topshirdi.