Yurtimizda 2022—2025-yillarda yangi navlar maydonlarini kengaytirish hisobiga paxta hosildorligini 50 sentnerga, boshoqli don ekinlari hosildorligini 90 sentnerga etkazish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Agroklasterlar va fermer xo'jaliklariga g'o'za hamda boshoqli don ekinlarining eng hosildor navlarini belgilangan tartibda import qilish, shuningdek, mustaqil joylashtirishga ham ruxsat berilgani ahamiyatlidir.

Qishloq xo'jaligi mamlakaktimiz iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan sanaladi. Soha rivojida esa yangicha yondashuvlar, bilimli kadrlar zarur. Surxondaryo viloyatida ham bir qancha iqtidorli yoshlar agrar sohada ilmiy ishlar, izlanishlar olib bormoqda. Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutidagi ishlar shular jumlasidan.

Institut talabasi Dildora Yo'ldosheva o'zi tanlagan sohaviy yo'nalishidan kelib chiqib, “Ifor” o'simligi ustida izlanishlar olib boryapti. Ramazon Tangirberdiyev esa ustozlari ko'magida xalqimiz sevib istemol qiladigan choy ichimligining yani navlarini o'rganyapti. Hatto, Yaponiya davlatidan choyning “fukimi dori” va “sayoma kori” navlarini yurtimizga olib kelib, uni iqlim sharoitimizga moslashtiryapti.

Surxondaryo viloyatining iqlim sharoiti boshqa viloyatlarga qaraganda birmuncha issiq. Shu bois, voha yerlari 2022-yilgi chigit ekish jarayonlari uchun obi-tobiga kelgan. Erta bahordanoq vohaning janubiy sarhadlari bo'lmish Sherobod tumani “Agro xizmat” paxta to'qimachilik klasteriga qarashli “Dilshodbek Nurbek Quvonchbek” fermer xo'jaligida joriy yil hosili uchun chigit ekish ishlari boshlab yuborildi.

Shu kuni ko'rgazmali amaliy seminar ham tashkillashtirildi. Seminarda agrar soha xodimlari, “Agroinspeksiya”ning Surxondaryo viloyat va tuman bo'limi boshliqlari va sohaga aloqador boshqa korxona va tashkilotlarning tegishli masul xodimlari ishtirok etdi. Seminar so'ngida joriy yilgi hosilning barakali bo'lishini niyat qilindi.