баннер
23 Mar 2025
02:54

    Surxondaryoda ayol eriga achchiq qilib yosh bolasini kaltakladi

    Ijtimoiy tarmoqlarda ona goʻdak bolasini urayotgani aks etgan xabarlar tarqalib jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan oʻrganildi.

    Qayd etilishicha, olib borilgan tekshiruv natijalariga koʻra, videodagi holat 1-yil avval sodir boʻlganligi aniqlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro T.M (2001-yilda tugʻilgan ayol) 2024-yilning may oyida sobiq turmush oʻrtogʻi A.Q (1994-yilda tugʻilgan erkak) bilan janjallashib, bola uchun aliment va boshqa moddiy taʼminot bermaganligi vaji bilan bolani otasiga bosim qilib qoʻrqitish maqsadida video qoʻngʻiroq qilib, farzandi A.R (2023-yilda tugʻilgan qiz) ni urib tasvirga olgan va uni sobiq turmush oʻrtogʻiga yuborganligi aniqlangan.

    Tergovga qadar tekshiruvda bolani sogʻligʻiga zarar yetmaganligi aniqlanganligi sababli 14.05.2024-yilda holat yuzasidan ayol MJtKning tegishli moddalari bilan huquqbuzarlik sodir qilgan deb topilib, Jinoyat ishlari boʻyicha Sariosiyo tuman sudi tomonidan uning javobgarligi masalasi hal etilgan.

    Hozirda T.M. sobiq turmush oʻrtogʻi va uning oila aʼzolari bilan oʻzaro nizo vaziyatida boʻlib, bu borada tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech