Surxondaryoda Bobotogʻ kanaliga suv chiqaruvchi quvurda avariya yuz berdi

    Voqea-hodisalar 2 Iyul 2025 708

    Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida nasos stansiyasi orqali “Amu Zang“ kanalidan “Bobotogʻ“ kanaliga suv chiqaruvchi quvurda yoriq yuzaga keldi.

    Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, shu yilning 30-iyun kuni soat taxminan 12:50larda Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumani “Uzumzor“ MFY hududida joylashgan, Surxondaryo viloyati “Amu Surxon“ irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qarashli, “Amu Zang“ kanalidan, “Bobotogʻ“ nasos stansiyasi orqali “Bobotogʻ“ kanaliga suv chiqaruvchi 2840 m.m quvurda yorilish yuzaga kelgan.

    Sodir boʻlgan avariyani bartaraf etishga “Amu Surxon“ irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi bazasidan 1 ta kran, 1ta “Kamaz“, 2 ta (sak) traktor jami 4 ta texnika, 12 nafar ishchi xodimlar jalb qilgan boʻlib, avariya soat 21:00da bartaraf etilgan va soat 21:20da Nasos stansiyasi ishga tushirilgan.

    Ushbu vaziyat boʻyicha aholi va aholi yashash xonadonlariga, uy hayvonlariga zarar etmagan. Tan jarohati olganlar aniqlanmagan.