Vohada keyingi kunlarda kuzatilayotgan iliq havo taʼsirida Boysun tumanida bodom daraxti gulladi.

Qish faslining bu vaqtida bodomning uygʻonishi hali oldinda turgan sovuqlar taʼsirida nobud boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin.

Mutaxassislar bodomning erta uygʻonishi va gulini sovuq urmasligi uchun kuz fasli va fevral oyida ohakka soz tuproq qoʻshib oqlashni tavsiya etadi.

Oq rang quyosh nurining tanaga toʻgʻridan-toʻgʻri tushish darajasini pasaytiradi. Buning natijasida daraxt kechroq uygʻonadi va gulini sovuq urushi kamayadi.