Surxondaryoda “Chag'oniyon” tarixi davlat muzey-qo'riqxonasi tashkil etiladi

    Denov shahri Mustaqillik ko'chasidagi Said Otaliq me'moriy majmuasi hamda Chag'oniyon ko'chasidagi Denov qal'asi operativ boshqaruv huquqi asosida muzey-qo'riqxonaga beriladi.

    Vazirlar Mahkamasining “Chag'oniyon” tarixi davlat muzey-qo'riqxonasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.

    Unga ko'ra, Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tarkibida davlat muassasasi shaklidagi “Chag'oniyon” tarixi davlat muzey-qo'riqxonasi tashkil etiladi.

    Denov shahri Mustaqillik ko'chasidagi Said Otaliq me'moriy majmuasi hamda Chag'oniyon ko'chasidagi Denov qal'asi operativ boshqaruv huquqi asosida muzey-qo'riqxonaga beriladi.

    Muzey-qo'riqxona o'z fondini Surxon vohasi tarixi, madaniyati va etnografiyasi, dastlabki ko'rinishi va o'sha davr muhitini aks ettiruvchi qadimiy qo'lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori-atiqalar, zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va to'plamlar, video va foto hujjatlar hisobidan shakllantiradi.

    Said Otaliq me'moriy majmuasi 2-qavatida hunarmandlar markazi tashkil etiladi. Bu haqida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xabar bermoqda.