Qayd etilishicha, shu yilning 2-iyun kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, “Tinchlik“ MFY hududidan oqib oʻtuvchi zovurga “Cobalt” rusumli avtomobil ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Kelib tushgan xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va avtomobil kanaldan chiqarib olingan.









