Aytilishicha, joriy yilning 26-avgust kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi mahallalarning birida nomaʼlum ayol xonadon egalari tomonidan molxonada majburiy ushlab turilgani haqida xabar kelib tushgan.
Mahalla profilaktika inspektori zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Haqiqatdan ham xonadon egasi fuqaro Sh.A. norasmiy turmush oʻrtogʻi fuqaro X.G. va uning 5 oylik oʻgʻlini ogʻir sharoitda majburiy saqlanib kelayotgan ekan. Inspektor jabrlanuvchilarni zudlik bilan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.
Hozirda jabrlanuvchi X.G. Uzun tumani tibbiyot birlashmasi jarrohlik boʻlimiga, farzandi esa tugʻruq boʻlimiga davolanish uchun joylashtirilib, ularning sogʻligʻi bilan bogʻliq vaziyat viloyat ijtimoiy himoya boshqarmasi masʼullari tomonidan alohida nazoratga olingan.
Holat yuzasidan, Uzun tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 126 prim 1-moddasi 7-qismi “a”, “ye” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilar Sh.A. va uning ishga aloqador boʻlgan uch nafar yaqin qarindoshlari protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Jinoyat ishi Surxondaryo viloyati IIB tomonidan qatʼiy nazoratga olingan boʻlib, ish yuzasidan barcha tegishli sud-tibbiyot ekspertizalari tayinlanib, tergov-protsessual harakatlar olib borilmoqda.








