Surxondaryoda fuqaro chet ellikning pullarini oʻzlashtirmoqchi boʻldi

    Bu haqda DXX viloyat boshqarmasi maʼlum qildi.

    Termiz shahrida savdo sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari E.Z. chet el fuqarosining ishonchiga kirib, tanishlarining imkoniyatlari orqali unga Oʻzbekistonda doimiy yashash guvohnomasini rasmiylashtirib berish evaziga 7000 AQSH dollari talab qiladi.

    Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda E.Z. soʻralgan puldan 6000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Oʻzbekiston salohiyati Ashxobodda oʻtkazilgan xalqaro koʻrgazmada namoyish etildi