Oʻtgan yili kuzda “Aleksey” navli gʻalla urugʻi sepib, bir tekis undirib olingan maysalarni mehr bilan parvarishlagan mirishkorlar mavsumda gektarlar hosildorligini 80 sentnerdan oshirishni moʻljallamoqda. Gʻallakorlarning aytishicha, oʻtgan yili mazkur daladan gektariga 17-18 sentnerdan sara don yigʻishtirib olingan.
Joriy yilda muzrabotliklar 10 ming 700 gektar maydonda boshoqli don yetishtirdi. Hosilni tez va sifatli yigʻishtirib olish uchun 13 ta oʻrim otryadi tashkil etilib, 24 ta yuqori unumli kombayn va 120 dan ortiq tashish texnikasi biriktirildi.
Gʻallachilikda boy tajribaga ega viloyatda 89 ming 325 gektar maydonda gʻalla parvarishlanmoqda. Katta mehnat evaziga toʻplangan moʻl hosilni nobud qilmay, oʻrib-yigʻib olish uchun 127 ta otryad tuzilib, 282 ta yuqori unumli kombayn, 1 ming 275 ta tashish texnikasi, 130 ta traktor tirkamasi taxt qilib qoʻyildi. Texnikalarga sifatli, tezkor xizmat koʻrsatadigan 127 ta koʻchma ustaxona, 81 ta yoqilgʻi tashish texnikasi shay holatga keltirildi. Kombanynchilar uchun barcha sharoit yaratilib, mavsum oldidan boʻnak pullari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlandi.
Gʻalla oʻrim-yigʻimi boshlanishida viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov oʻroqqa tushgan ilk kombaynga oʻtirib, gʻalla oʻrim-yigʻimi va don salmogʻini koʻzdan kechirdi. Mutaxassislarga pishib yetilgan boshoqli donni isrof qilmay, tez kunlarda yigʻib olish yuzasidan tegishli topshiriqlarni berdi.