Surxondaryoda gilos pishdi

    Agrosektor 10 Aprel 2023 1123

    Surxondaryo viloyatining Termiz tumani Yangiariq qishlogʻidagi aholi xonadonlaridan birida ilk bor bugun – 10-aprel kuni gilos pishib yetildi.

    Joriy yil bahor mavsumining odatdagidan iliq kelishi tufayli baʼzi ertapishar meva va sabzavot mahsulotlari har yilgidan-da barvaqtroq pishib yetilmoqda.

    Yaqinda Surxondaryoning qator tumanlarida erta piyoz hosili yigʻishtirib olinayotgani haqida xabar berilgandi.

    Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabariga koʻra, Surxondaryo viloyatining Termiz tumani, Yangiariq qishlogʻidagi aholi xonadonlaridan birida ilk bor bugun – 10-aprel kuni gilos pishib yetildi.

    Xonadon sohibining xabar berishicha ushbu gilos ikki yil avval uy sharoitida olchaga payvand qilingan.