баннер
2 Apr 2025
12:27

    Surxondaryoda hujjatlari boʻlmagan dorilarni sotuvga qoʻygan dorixona aniqlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan dorixonalarda sifatsiz dori vositalari sotilishining oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Denov tumanida faoliyat yurituvchi “E.O.” MCHJga rahbari Sh.A. MCHJ dorixonasida turli nomdagi sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 575,4 mln soʻmlik jami 198,2 ming dona, shundan 1 396 dona psixotrop, 900 dona kuchli taʼsir qiluvchi hamda 3 146 dona yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalarini savdoga qoʻyganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech