Tadbir davomida “Bog‘i eram” mahallasi hududida ikki fuqaro qo‘lbola tuzoq qo‘ygan holda yovvoyi to‘ng‘iz ovlagani aniqlandi.
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Noqonuniy ov natijasida hayvonot dunyosiga 4 million 950 ming so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.
Huquqbuzarlarning har biri BHM 10 barobari — 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Fuqarolar jarima va yetkazilgan zararni to‘laydigan bo‘ldi.