Surxondaryoda ilk bor ishlab turgan yurakda aorta-koronar shuntlash amaliyoti bajarildi

    Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida kardiojarrohlik bo‘limi ish boshladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Bu yerdagi birinchi murakkab amaliyot Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialining tibbiyot fanlari nomzodi Adham Jalilov boshchiligidagi kardioxirurglar jamoasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

    "Shu tariqa viloyat tibbiyoti tarixida ilk bor ishlab turgan yurakda aorta-koronar shuntlash operatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi. Hozir bemorning ahvoli qoniqarli bo‘lib, standartlar asosida davo muolajalari davom ettirilmoqda", deyiladi xabarda.