Mazkur holat yuzasidan Sog'liqni saqlash vazirligi quyidagilarni ma'lum qiladi:

Aniqlanishicha, Denov tuman sil kasalliklar shifoxonasi bosh hamshirasi D.I. va mazkur davolash muassasasi fizioterapiya bo'limi hamshirasi S.T.ning shaxsiy adovati sabab, joriy yil 18 oktyabr` kuni ertalab soat 10:00 lar atrofida ziddiyatli holat yuzaga kelgan. Ushbu holatga S.T.ning yaqinlari ham aralashib, shifoxona bosh hamshirasiga tan jarohati etkazgan. 

Tibbiyot xodimlarining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlarni sodir etgan hamshiralar vaqtincha ishdan chetlashtirildi. SHu bilan birga kaltaklangan hamshira qizining ruhiy holati va sog'lig'i mutaxassislar nazoratiga olingan.

Ayni paytda huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat  yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilib, voqea sabablari aniqlanmoqda, deb xabar berdi Sog'liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.