Surxondaryoda kuniga 120 dona beton plitalari ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ishga tushdi

    Sanoat 2 Aprel 2021 1394

    Denov tumanidagi “Gold Biznes pro” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan zamonaviy temir beton mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi foydalanishga topshirildi.

    Korxona Germaniya va Xitoy davlatlaridan keltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida kuniga 120 donagacha turli oʻlchamdagi beton plitalari tayyorlab berish quvvatiga ega. 20 nafardan ortiq ishchi-xodim mehnat qiladi.

    Hozirda bu yerda faqatgina beton plitalari ishlab chiqarilayotgan boʻlsa, keyingi bosqichlarda qorishmalar, fesbloklar, quduqlar uchun beton quvurlar, beton ustunlar va quruq kurilish materiallarini ham ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.