Surxondaryoda metan gaz quyish shoxobchalari ish vaqtiga cheklov kiritildi

    Viloyatda joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) 2023 yil 7 dekabrdan boshlab soat 8:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati ma’lum qildi.

    Bundan maqsad – birinchi navbatda tabiiy gaz yetkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalarning tabiiy gaz ta’minotida barqarorligini ta’minlashdan iborat.

    Shuningdek, "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali xabarida ma’lum qilinishicha, tabiiy gazdan debitor qarzdorligi mavjudligi sababli viloyatdagi 28 ta metan gaz quyish shoxobchalari tarmoqdan vaqtincha uzilgan.