Surxondaryoda noqonuniy ov qilganlar ushlandi

    Noqonuniy ov natijasida atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdori 11 million 500 ming soʻmni tashkil etdi.

    Qayd etilishicha, viloyatning Muzrabot tumani “Yangi diyor“ mahallasi hududidagi “Sholipoya“ massivida viloyat Ekologiya boshqarmasi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari va jamoatchi inspektorlar hamkorligida oʻtkazilgan reyd davomida ikki bosh yovvoyi toʻngʻiz noqonuniy ravishda ovlangani aniqlandi.

    Ovlangan hayvonlarning jasadlari Termiz hayvonot bogʻiga topshirilib, veterinariya mutaxassislari tomonidan koʻrikdan oʻtkazildi. Mutaxassislar xulosasiga koʻra, hayvonlar oʻqotar qurol orqali ovlangan. Sanitariya talablariga muvofiq, ularning tanalari yoʻq qilinib, hayvonot bogʻidagi yirtqichlar uchun tabiiy ozuqa sifatida berildi.

    Mazkur holat Termiz shahrida yashovchi fuqaro Sh.D. tomonidan sodir etilgani aniqlanib, unga nisbatan qonuniy tartibda choralar koʻrilmoqda.

    Hozirda holat yuzasidan huquqiy hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sudga yuborish uchun tayyorlanmoqda.