Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.Sh. va boshqalar Surxondaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi bilan goʻyoki baliqchilikni tashkil etish maqsadida shartnoma tuzishga erishib, amalda ushbu oʻrmon fondining 1 gektar yer maydonida oʻzboshimchalik bilan 16,5 ming kub noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum xom ashyosini oʻzboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,6 mlrd soʻm miqdorida zarar yetkazgani aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.