Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning Uzun tumanida yashovchi, 1986-y.t. jinoiy sherigi hamda ushbu ajal ogʻusining buyurtmachilari hisoblangan, Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 1985 va 1990-yillarda tugʻilgan aka-uka ham ushlandi.
DXX Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlarining viloyat IIB bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbirida esa Termiz shahrida yashovchi, 1969-y.t. fuqaro va uning 1990 hamda 1992-yillarda tugʻilgan 2 nafar oʻgʻli oʻzlarining “Cobalt” rusumli avtomashinasida Toshkent shahri tomon ketayotgan vaqtlarida Chiroqchi tumanidagi “Umakay” YPX maskanida toʻxtatildi.
Avtomashina koʻzdan kechirilganda, uning motor qismiga yashirib qoʻyilgan 1 kg “gashish” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
“Umakay” YPX maskanida qayd etilgan yana bir holatda “Termiz-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan “Cobalt” rusumli avtomashina toʻxtatilib tekshirildi. Natijada, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan 1959-yilda Denov tumanida tugʻilgan, muqaddam ikki marotaba giyohvand moddalar bilan bogʻliq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxs yonida 350 gr. “gashish” va 65 gr. “opiy” moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Aniqlanishicha, uchinchi shaxslar tomonidan Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib oʻtilgan ushbu narkotiklar Toshkent shahrida sotilishi kerak boʻlgan.
Hozirda mazkur holatlar boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.