Termiz davlat universiteti arxeologiya kafedrasining qadimshunos oʻqituvchisi Sarvar Toʻrayev tomonidan aniqlangan ushbu devor qoldiqlari nafaqat mahalliy, balki Fransiya va chexiyalik arxeolog olimlarda ham katta qiziqish uygʻotdi.
Devor asosan toshdan bunyod etilgan boʻlib, ularni biriktirish uchun loy aralashtirib qurilgan. Uzunligi 4 ming 300 metr atrofida, eni 4-6 metr, baʼzi joylarda 13 metrni tashkil etadi.
Qisqa muddatli qidiruv jarayonlarida ilk va rivojlangan oʻrta asrlarga oid ikki dona kamonning uch qismi hamda Kushonlar davrining soʻnggi bosqichi kulolchiligi mahsuli boʻlgan sopol boʻlaklari topildi.
Dastlabki xulosalarga koʻra, inshoot Kushonlar davlatining soʻnggi davri va ilk oʻrta asrlar (milodning II-IV asrlari)ga tegishli yirik mulkning himoya qoʻrgʻoni boʻlgan.