Jarqo‘rg‘on tumanida Surxondaryo viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari "Damas" avtomashinasida o‘rindiqlar sonidan ortiqcha odam tashigan haydovchini nazorat tartibida to‘xtatib, tekshirdi. Natijada avtoulovda haydovchi bilan 14 kishi ketayotgani ma’lum bo‘ldi.

Bu haqda xabar bergan IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, 13 yo‘lovchi ketayotgan "Damas" boshqaruvchisining haydovchilik guvohnomasi ham yo‘q ekan. 

Qoidabuzar haydovchiga nisbatan tegishli hujjat rasmiylashtirilib, amaldagi qonunchilik doirasida chora ko‘rildi.