Surxondaryoda qovun pishdi

    Ayni kunlarda pishib yetilgan qovunlarni aholi isteʼmoli uchun mahalliy bozorlarga chiqarish hamda xorijiy davlatlarga eksport qilish ishlari boshlanmoqda.

    Vohalik dehqonlar har yili qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birinchilardan yetishtirib, yurtimiz bozor rastalariga yetkazib beradi. Iqlim va tuproq sharoitlari mahsulot yetishtirish uchun qulay boʻlgan surxondaryolik mirishkorlar poliz mahsulotlarini ham isteʼmolchilarga yetkazib berishni boshlashdi.

    Xususan, Angor tumani Yuqori Tallimaron mahallasida bogʻdorchilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi, xorijlik investorlar tomonidan tashkil etilgan «Qodir shahb» MCHJ dalalariga erta bahorda ekilgan «Dakara» navli qovunning ilk hosili pishib yetildi.

    Ayni kunlarda pishib yetilgan qovunlarni aholi isteʼmoli uchun mahalliy bozorlarga chiqarish hamda xorijiy davlatlarga eksport qilish ishlari boshlanmoqda.