Qayd etilishicha, muborak Ramazon oyi munosabati bilan Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va tumanlaridagi markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozorlarida arzonlashtirilgan maxsus savdo yarmarkalari tashkil etildi.
Shuningdek, viloyatdagi bozorlar hududida Muborak oyda sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etish, savdo rastalarining tozaligini saqlash hamda sotuvchi va xaridorlarga qulay sharoitlar yaratish, arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini shakllantirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.









